“Real” “Barselona”dan g‘alabani ilib ketdi

Sport

image

22 aprelga o‘tar kechasi futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 32-turi doirasida Madridning “Real” klubi o‘z uyida azaliy raqibi “Barselona”ni qabul qilib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab 6-daqiqada kataloniyaliklar hisobni ochdi. Burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni Kristensen Lunin darvozasiga aniq yo‘llab, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 17-daqiqada Lukas Vaskes “Barselona” jarima maydonchasida yiqitildi va hakam “ko‘k-anorranglilar” darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtadan Vinicius Junior aniq zarba yo‘llab, hisobdagi muvozanatni tikladi. 1:1 hisobi birinchi bo‘limda saqlanib qoldi.

2-taymning 69-daqiqasida ajoyib kombinatsiyani Fermin Lopes gol bilan yakunladi. 73-daqiqada Vinisius Juniorning ideal uzatmasini Vaskes Shtegen darvozasiga aniq yo‘llab, hisobni tenglashtirildi. 

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda “qirollik klubi”ning angliyalik yetakchisi Jud Bellingem o‘yindagi oxirgi to‘pni kiritib, jamoasi g‘alabasini ta’minladi.

Shunday qilib, Karlo Anchelotti shogirdlari mazkur g‘alabadan so‘ng ochkolarini 81 taga yetkazib, 2-o‘rindagi “Barselona” bilan oradagi farqni 11 ochkoga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing