“Real” a’zosi Marokash termasidan chaqiruv oldi

Sport

image

Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Braim Dias Marokash terma jamoasida o‘ynaydigan bo‘ldi. 24 yoshli futbolchi mart oyi oxirida Angola va Mavritaniyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinlari uchun Afrika terma jamoasidan chaqiruv oldi. Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

Ispaniya futbol federatsiyasi yarim himoyachi nomzodiga qiziqish bildirmagani uchun Dias yakunda Marokash termasida o‘ynashni afzal bildi.

Qayd etish joiz, Dias Ispaniyaning Malaga shahrida tug‘ilgan, biroq uning ota-onasi marokashlik. Hujumkor futbolchi Ispaniya terma jamoasi safida atigi bitta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan – 2021 yilning 8 iyunida. O‘sha o‘yinda “qizil furiya” Litva terma jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etgan va yarim himoyachi bahsda gol urgan.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Dias “Real” safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, Diasning narxi 20 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Ispaniya Marokash Braim Dias

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing