“Real” a’zosi 1 oyga safdan chiqdi

Sport

image

Ispaniyaning “Real” klubi yarim himoyachi Dani Sebalos jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tibbiy tekshiruvdan so‘ng, futbolchi o‘ng oyog‘ining son qismidan jarohat olgani aniqlandi. Hozircha “Real” futbolchining taxminiy tiklanish vaqti haqida ma’lumot bermagan. Mutaxassislar esa, Sebalos bir oyga yaqin vaqt maydonga tusha olmasligini ta’kidlamoqda. Bu degani Dani jamoasining mavsumoldi tayyorgarlik mashg‘ulotlarining aksariyat qismini o‘tkazib yuboradi.

2022/23 yilgi mavsumda 26 yoshli futbolchi “Real Madrid” safida barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. “Transfermarkt”ga ko‘ra, yarim himoyachining qiymati 12 million yevroga teng. Uning “qirollik klubi” bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Sebalos “qaymoqranglilar” safida 2 marta Yevropa Chempionlar ligasida, 1 marta Ispaniya chempionatida g‘olib bo‘lgan. U bir mavsumni ijara asosida Londonning “Arsenal” klubida o‘tkazdi. Futbolchi “kanonirlar” bilan Angliya kubogida zafar quchgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Dani Sebal'os

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing