Dani Sebalos “Real Madrid”dan ketdi
Sport
−
12:16 389 1 daqiqa
“Real Madrid” jamoasi yarim himoyachi Dani Sebalos Sevilyaning “Betis” klubiga qo‘shildi. Bu haqda Andalusiya klub rasmiy sayti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshli futbolchi “Betis” bilan 2029 yilga qadar amal qiladigan shartnoma imzolagan. Sebalos yangi jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shildi.
Sebalos “Betis” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2015-2017 yillarda klubning asosiy jamoasida o‘ynagan va keyin “Real Madrid”ga ko‘chib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik futbolchi “Real Madrid” safida jami 215 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. U madridliklar bilan Ispaniya Kubogi, Qit’alararo kubok, ikki martadan Ispaniya chempionati va Superkubogi, shuningdek, uch martadan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Bundan tashqari, Sebalos “Real Madrid” bilan UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi