“Real” a’zosi Husanovning jamoadoshiga aylanishi mumkin
Sport
−
12 mart 4099 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavingaga Angliyaning “Manchester Siti” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Fichajes” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli fransiyalik yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Kamavingaga 4 ta yirik klub qiziqish bildirmoqda.
Qisqa ro‘yxatda PSJ, “Manchester Yunayted” va “Bavariya” ham mavjud. 2024/2025 yilgi mavsumda Eduardo Kamavinga 19 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va jamoadoshlariga 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali ekspertlari fransiyalik futbolchini 80 million yevroga baholamoqda. Kamavinganing “qirollik klubi” amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Live
Barchasi