“Real” 76 yillik antirekordini takrorladi

Sport

image

Madridning “Real” klubi Ispaniya La ligasining 37-turidan o‘rin olgan “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinni o‘tkazdi va bahs 4:4 hisobida yakunlandi.

“Qaymoqranglilar” birinchi bo‘limdan keyin 4:1 hisobida oldinda edi, biroq ikkinchi bo‘limda sakkiz daqiqa ichida uchta gol o‘tkazib yubordi. Madridliklar uchrashuv davomida boshqa gol ura olmadi va o‘yin 4:4 hisobida yakunlandi.

“Real Madrid” 76 yil ichida birinchi marta to‘rtta gol urilgan La Liga o‘yinida g‘alaba qozona olmadi. “Qirollik klubi” bilan bunday holat oxirgi marta 1948 yilda kuzatilgan.

Qayd etish joiz, “Real Madrid” muddatidan avval La Liga chempionligini qo‘lga kiritgan. 12 may kuni Madridda jamoa g‘alabasini nishonlash uchun chempionlik paradi bo‘lib o‘tdi. Tadbir qahramonlari “Real Madrid” futbolchilari va murabbiylar shtabi usti ochiq avtobusda Ispaniya poytaxtini aylanib, chempionlikni tantana qildi.

Ma’lumot uchun, “Real” keyingi o‘yinini 26 may kuni chempionatning oxirgi turi doirasida o‘z uyida “Betis”ga qarshi o‘tkazadi. 2 iyunga o‘tar kechasida esa Madrid klubi Yevropa Chempionlar ligasi finalida “Borussiya” bilan bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Real La Liga Vil'yarreal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing