“Real” 53 yillik noxush an’anasini to‘xtata olmayapti

Sport

image

“Real Madrid” 1970 yildan beri Ispaniya kubogi doirasida “Barselona”ga qarshi uy uchrashuvida g‘alaba qozona olmayapti. Bu haqda “Gracenote Live” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” Ispaniya Kubogidagi so‘nggi 11 ta uy uchrashuvining faqat bittasida g‘alaba qozongan. Bu holat oxirgi marta 1970 yilda ro‘y bergan. O‘shanda “qirollik klubi” 2:0 hisobida zafar quchgan.

Eslatib o‘tamiz, 2 mart kuni Madridning “Real” klubi Ispaniya kubogining birinchi yarim finalida “Barselona”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ispaniya kubogining javob yarim final o‘yini 5 aprel kuni “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi. “Barselona” Ispaniya Kubogida eng ko‘p g‘alaba qozonish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Kataloniya klubi bu sovrinni 31 marta qo‘lga kiritgan. “Real Madrid” 19 marta qirol kubogiga ega chiqqan holda, bu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing