“Real” hamon Kroosga o‘rinbosar izlamoqda
Sport
−
26 dekabr 2024
1512“Real Sosedad”ning yarim himoyachisi Martin Subimendi “Real Madrid” jamoasiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda “Defansa Central” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” rahbariyati Subimendini “qaymoqranglilar” afsonasi, shu yilning iyul oyida faoliyatini yakunlagan sobiq yarim himoyachi Toni Kroos o‘rniga qo‘ymoqchi. Madrid klubi futbolchining jamoaga juda mos tushishiga ishonmoqda.
Subimendining “Real Sosedad” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Joriy mavsumda yarim himoyachi 21 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 60 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” “Latsio”da to‘p tepayotgan sobiq futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi