Shahram G‘iyosovning sakkizinchi jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
27 fevral 2019
7064Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (7-0, 6 KO) aprel oyida o‘zining sakkizinchi jangini o‘tkazadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Shahram 26 aprel kuni navbatdagi jangi uchun ringga ko‘tariladi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma’lum emas. Jang Kaliforniya shtatining Inglvud shahrida joylashgan mashhur kazino markazi Forum saroyida bo‘lib o‘tadi.
E’tiborli tomoni, mazkur boks oqshomining markaziy jangida ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasining WBA chempionlik kamari sohibi amerikalik Daniel Roman (26-2-1, 10 KO) va IBF kamari egasi avstraliyalik Terens Doeni (21-0, 15 KO) kamarlarni birlashtiruvchi jangda ishtirok etadi.
Inglvudda bo‘lib o‘tadigan mazkur boks oqshomi Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hirn va Thompson Boxing Promotions kompaniyasi rahbari Ken Tompson tomonidan tashkil qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta Shahram G‘iyosov 23 fevral (Toshkent vaqti bilan 24 fevral) kuni Meksikada mahalliy bokschi Edgar Puertani (25-12-1, 19 KO) beshinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr