Ravshan Mamatov lavozimidan ozod etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Ravshan Mamajonovich Mamatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Ravshan Mamatov 2024 yilning avgustidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi.

Qayd etish joiz, kecha, 27 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Ravshan Mamatov faoliyatida o‘zgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ravshan Mamatov Narkotiklar va o'qotar qurollarni nazorat qilish agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing