Ravshan Ermatov yangi lavozimga saylandi
Jamiyat
−
12 aprel 2021
44880Bugun, 12 aprel kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida navbatdan tashqari saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Kun tartibidagi asosiy masala Milliy olimpiya qo‘mitasi birinchi vitse-prezidentligiga yangi nomzod saylash bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Milliy olimpiya qo‘mitasi birinchi vitse-prezidentligiga Ravshan Sayfuddinovich Ermatov nomzodi ilgari surilgan. Kengash a’zolari tomonidan uning nomzodi bir ovozdan ma’qullangan.
Yig‘ilishda Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, sport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiya xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov shu kunga qadar bir vaqtning o‘zida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlab kelayotgan edi. U 9 aprel kuni Prezident qarori bilan lavozimidan ozod etildi.
LiveBarchasi