Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqi hakamlari eksperti bo‘ladi
Sport
−
01 avgust 2022
8740O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti va sobiq hakam Ravshan Ermatov yaqin orada Rossiya futbol ittifoqining (RFI) Ekspert-hakamlar qo‘mitasiga doimiy a’zo bo‘ladi. Bu haqda Rossiyaning “Sport-ekspress”nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, RFI bir necha obro‘li sobiq hakamlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Ular kelajakda Rossiya futbol ittifoqining Ekspert-hakamlar qo‘mitasiga a’zosi bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 44 yoshli Ermatov faoliyati davomida jahon chempionatida 11 ta o‘yin o‘tkazgan va bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Ravshan Ermatov 2015 yilda dunyoning eng yaxshi hakami deb topilgan. U 2019 yil oxirida hakamlik faoliyatini yakunlagan.
LiveBarchasi