Ravshan Ermatov endi hakamlik qilmaydi...mi?
Intervyu
−
29 iyun 2019
5792Xabaringiz bor, bugun, 29 iyun kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi majlislar zalida O‘FAning yangi birinchi vitse-preztidenti Ravshan Sayfuddinovich Ermatov ishtirokida OAV vakillari uchun Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, O‘FA vitse-prezidenti Matbuot anjumanida futboldagi hakamlik faoliyatini davom ettira olmasligini ma’lum qildi
“Avvaliga ikkalasini ham bir xilda olib boraman deb o‘ylagandim. Ammo, keyin tushundimki, ikki quyonning ortidan quvib bo‘lmaydi. Aks holda ikkalasidan ham quruq qolish mumkin. Shu boisdan hakamlikda tanaffus olishni maqul ko‘rdim
Kishi bir ishni boshladimi, uni oxiriga yetkazish kerak. Endi faqat o‘zbekfutboli haqida bosh qotiraman”, deya ta’kidladi Ravshan Ermatov.
LiveBarchasi