O‘zbekistonda “Senatorlar maktabi” tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida o‘z nutqida parlament yuqori palatasi faoliyati va senatorlar maktabini shakllantirish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan edi.

Shu munosabat bilan 2020 yilning 4 fevral kuni Oliy Majlisning yuqori palatasida “Senatorlar maktabi” o‘z ishini boshladi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.

Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev senatorlarga birinchi o‘quv mashg‘uloti doirasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini kuchaytirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati, parlament faoliyatining huquqiy asoslari va asosiy yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Senatorlar maktabi” doirasida Harakatlar strategiyasi mohiyati va uni amalga oshirishda parlament o‘rni, mahalliy Kengashlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, ularning faoliyatiga amaliy va uslubiy ko‘maklashish nazarda tutilgan. 

Shuningdek, O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarida parlamentning roli va parlamentlararo munosabatlar, Senatning Davlat byudjetini shakllantirish va qabul qilish, ijrosini nazorat qilishdagi o‘rni, yangi soliq konsepsiyasining asosiy jihatlari hamda qonun ijodkorligi – qonun loyihasini ishlab chiqish va qonunlarni ko‘rib chiqishda Senatning ishtiroki masalalari bo‘yicha senatorlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

parlament Senatorlar maktabi

Baholaganlar

22

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing