Rasul Kusherboyevni onasidan so‘kkan fuqaro jazolandi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2022
26389Joriy yilning 6 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali videomurojaat yo‘llab, unda surxondaryolik fuqaro uni marhum onasidan so‘kkanini ma’lum qilgandi. U holat yuzasidan Ichki ishlar vaziri nomiga ariza kiritgandi.
Deputat Kusherboyevning ma’lum qilishicha, haqorat bo‘yicha ish sudda ko‘rib chiqildi.
“Kecha, 23 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Boysun tumani sudida fuqaro S. Sultonovning meni haqorat qilganligiga doir ish ko‘rib chiqildi. Men JIB Yunusobod tumani sudidan onlayn ishtirok etdim”, deydi deputat.
Sud fuqaro S.Sultonovni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga asosan BHMning o‘ttiz baravari (9 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortish haqida qaror qabul qilgan.
“Yakunida menga fuqarolik sudi orqali huquqbuzar S.Sultonovdan ma’naviy zarar undirishim mumkinligi tushuntirildi”, deydi Kusherboyev haqoratdan tiyilishga chaqirib.
LiveBarchasi