Rasmiy Toshkent Rossiyaning tanqidiga qarshi chiqdi – Reuters

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning O‘zbekistonda davlat idoralarida ishning davlat tilida yuritilmagani uchun jarimaga tortishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasiga munosabat bildirib chiqishi, jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng, kecha, 18 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur vaziyatga o‘z izohini berib o‘tdi.

Vazirlik bayonoti xorij nashri bo‘lmish “Reuters“ e’tiborini tortdi. Nashr ushbu vaziyat haqida quyidagicha maqola e’lon qildi:

“Dushanba kuni O‘zbekiston Rossiyaning davlat xizmatida o‘zbek tilidan foydalanish to‘g‘risidagi rejasini tanqid qilganiga qarshi javob qaytardi. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi iliq munosabat fonida kamdan-kam sodir bo‘ladigan hodisa hisoblanadi

Rossiya tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston davlat idoralarida o‘zbek tilidan foydalanmaganlik uchun jarima belgilanishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasining tarafdorlari juda kamligini aytdi.

Moskva, shuningdek, sobiq Sovet Ittifoqi respublikasi bo‘lgan O‘zbekistonni rus tilidan rasmiy foydalanishni saqlab qolishga chaqirdi va bu “tarix, va ikki tomonlama munosabatlarning sifatiga to‘la mos keladi“ deya ta’kidladi.

Ammo O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘z bayonotida aytilishicha, qonun loyihasi uzoq vaqtdan beri amal qilinmaydigan qoidalarga amal qilishga qaratilgan va bunday masalalar bo‘yicha qarorlar “davlatning mutlaq ichki siyosatiga daxldor bo‘lib, har qanday aralashuv aslo maqbul emas”.

Bayonot to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiyaga qaratilmagan, ammo “ba’zi chet el rasmiylari“ izohlariga taalluqli. Hozirda mamlakatda rus tili keng tarqalgan bo‘lib qolmoqda va Rossiyada millionlab o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari ishlamoqda“.

Eslatib o‘tamiz, Mariya Zaxarovaning O‘zbekistonning ichki ishiga aralashuviga deputatlar Akmal Burxonov va Yelena Kompolik hamda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov munosabat bildirgandi

 

Maqola muallifi

Teglar

Reuters Mariya Zaxarova Davlat tili

Baholaganlar

838

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing