Rasmiy Toshkent Afg‘onistondagi masjidda sodir etilgan portlashga munosabat bildirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Rasmiy Toshkent kecha, 17 avgust kuni Qobuldagi masjidda sodir etilgan va 21 kishining vafoti hamda 33 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan portlashga munosabat bildirdi. 

“Joriy yil 17 avgust kuni Qobul masjidlaridan birida kechki namoz paytida sodir etilgan portlash natijasida ko‘plab insonlarning o‘limi va jarohatlangani to‘g‘risidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.  

Mazkur terrorchilik xurujini qat’iy qoralaymiz hamda ushbu vahshiyona xatti-harakatning tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilishiga umid qilamiz. 

Halok bo‘lganlarining oilalari va yaqinlariga chin dildan hamdardlik bildirib,  jabrlanganlarning sog‘ayib ketishibi tilaymiz”, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida. 

Eslatib o‘tamiz, portlash Afg‘oniston poytaxti Qobul shimoli-sharqidagi Siddiqiya masjidida shom namozi vaqtida sodir etildi. Qurbonlar orasida masjid imomi Mulla Amir Muhammad Qobuliy ham borligi aytilmoqda. 

So‘nggi oylarda Afg‘onistonning bir qancha viloyatlarida, jumladan, poytaxt mintaqasida ham “Tolibon” tarafdorlari, ham tinch aholi halok bo‘lgan qator portlashlar, qurolli hujumlar va otishmalar sodir bo‘ldi. ISHID terror tashkilotining bir bo‘lagi bo‘lgan Xurosondagi “Islomiy davlat” bu voqealarning ko‘pchiligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing