Rasmiy Baku Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan hujumga munosabat bildirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rasmiy Baku Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan hujumga munosabat bildirdi

Ozarbayjon arman diasporasi vakillarining Ozarbayjonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari binolariga uyushtirgan hujumidan jiddiy xavotirda. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bayonotida so‘z boradi.

“Vandalizm va terrorizm unsurlarini o‘z ichiga olgan bu hujumlar diplomatlar va ularning mulkiga zarar yetkazishga qaratilgan bo‘lib, jinoiy harakatlar sifatida tavsiflanadi”, deyiladi Ozarbayjon TIV xabarida.

Vazirlikning qayd etishicha, Ozarbayjon tomoni tegishli davlatlar huquq-tartibot idoralaridan arman radikallari tomonidan sodir etilgan vandalizm harakatlari tekshirilishini va ushbu jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berilishini talab qiladi.

“Biz radikal arman guruhlarining jinoiy harakatlarini keskin qoralaymiz va tegishli mamlakatlarda bunday provokatsiyalarning oldini olishga mas’ul tuzilmalardan o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishini kutamiz”, deyiladi bayonotda.

Tashqi ishlar vazirligi 1961 yildagi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga muvofiq, qabul qiluvchi davlat missiya binolarini har qanday bosqindan himoya qilish uchun barcha tegishli choralarni ko‘rish vazifasini, shuningdek, zarar yetkazish va missiya tinchligini buzish yoki uning qadr-qimmatiga tajovuz qilishning oldini olish majburiyatlarini eslatib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 sentyabr kuni Ozarbayjonning Fransiyadagi elchixonasiga tajovuzkor kayfiyatdagi arman diasporasi vakillari hujum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 13 sentyabriga o‘tar kechasi Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon Qurolli kuchlari mamlakatning aholi punktlarini o‘qqa tutganini ma’lum qildi. Bakuning qayd etishicha, bu Yerevanning provokatsiyalariga javobdir. Keyinroq Ozarbayjon o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlarga erishgani haqida xabar berdi, biroq Armaniston o‘q uzish davom etayotganiga ishora qilmoqda. 

To‘qnashuvlarda avvaliga Ozarbayjon tomonidan 77 nafar, Armanistondan 105 nafar harbiy halok bo‘lgani aytildi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing