Rasman: YeIning 15 davlatida noma’lum gepatit aniqlandi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Yevropa Ittifoqining 15 ta davlatida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gepatitning taxminan 95 ta holati aniqlandi. Bu haqda Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha Yevropa markaziga tayanib xabar berilgan.  

“5 may holatiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining 15 ta davlatida 16 va undan kichik yoshdagi bolalarda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan o‘tkir gepatitning taxminan 95 ta holati qayd etilgan”, deyiladi xabarda. 

Eng ko‘p holatlar Italiya va Ispaniyada qayd etilgan – mos ravishda 35 va 22 ta. Niderlandiya va Daniyada oltitadan, Irlandiyada esa beshtadan kam holatlar mavjud. 

Portugaliya va Ruminiyada to‘rttadan, Belgiyada uchta holat aniqlangan. Avstriya, Kipr, Fransiya va Norvegiyada ikkitadan holat qayd etilgan. Germaniya, Polsha, Sloveniya kabi mamlakatlarda esa bittadan kasallik aniqlangan. 

Avvalroq, dunyoning 12 ta mamlakatidagi bolalarda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 170 ga yaqin o‘tkir gepatit holatlari qayd etilgani, ulardan biri vafot etgani aytilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

EI gepatit

Baholaganlar

372

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing