Rasman: O‘zbekistondagi OTMlar an’anaviy ta’limni fevral oyidan boshlaydi
Jamiyat
−
04 Sentabr 2020
19155O‘zbekistonda pandemiya davridagi ta’lim allaqachon boshlandi. Joriy yilning 2 sentyabridan mamlakatdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida onlayn-darslarga start berildi. Shuningdek, shu kuni OTMlarga kirish imtihonlari ham boshlandi.
Xo‘sh, mamlakatdagi oliy ta’lim dargohlarida an’anaviy ta’lim qachon boshlanadi? Ushbu savolga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati rahbari Farhod Babashev javob berdi. Uning qayd etishicha, oliy ta’lim muassasalaridagi an’anaviy ta’lim ikkinchi semestrdan boshlanishi kutilmoqda.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori asosida talabalar an’anaviy ta’limni joriy o‘quv yilini 2-semestrdan, yani fevral oyidan boshlashni reja qilingan.
Farhod Babashevning ta’kidlashicha, 16 martdan 20 martgacha 80 mingdan ortiq talabalarni viloyatiga kuzatilgan. Agarda qabul kvotalarini ko‘payganini hisobga olinsa, bu yil Toshkent shahriga 100 mingdan ortiq talaba keladi. Bu esa epidemiologik vaziyatni izdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi