Rasman: O‘zbekistonda jamoat joylarida ibodat libosida yurishga taqiq qonundan chiqarib tashlandi
Jamiyat
−
06 iyul 2021
17134O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlash har doim ustuvor vazifalardan biri bo‘lib kelgan. Shu bois, parlament tomonidan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda ishlab chiqildi va qabul qilindi. Hujjat Prezident tomonidan imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga Qonun sharhini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, amaldagi qonunchilik hujjatlarida “ibodat libosi” tushunchasining huquqiy ta’rifi mavjud emasligi sababli jamoat joylarida ibodat libosida yurishga taqiq Qonundan chiqarib tashlandi.
“Shu bilan birga, amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan, davlat tashkilotlari va muassasalarida xodimlarning kiyinishiga oid talablar ularning ichki hujjatlari bilan tartibga solinadi”, deyiladi sharhda.
Avval xabar berganimizdek, Qonunning yangi tahriri loyihasida 1998 yil 1 mayda qabul qilingan tahriri 14-moddasiga (diniy urf-odatlar va marosimlarni o‘tkazish tartibini belgilovchi modda) o‘zgartirishlar kiritilgan.
Loyihada esa diniy marosim va ibodatlarga oid tartib 13-moddada belgilangan va unda “jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishga” oid cheklovlar nazarda tutilmagan. Ya’ni amaldagi Qonunning mazkur cheklovga oid qismi chiqarib tashlanmoqda.
LiveBarchasi