Rasman: O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi bo‘lib qo‘shildi
Jamiyat
−
11 dekabr 2020
8182Bugun, 11 dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ning videoanjuman shaklidagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Belarus rahbarligida o‘tgan sammitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda YeOIIga a’zo davlatlar – Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, shuningdek, kuzatuvchi maqomidagi Moldova va taklif etilgan mamlakat sifatida Kuba yetakchilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksadr Lukashenko O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi bo‘lib kirish istagi bo‘yicha taklifni o‘qib eshittirdi va uni ovozga qo‘ydi. Taklif bir ovozdan ma’qullandi va O‘zbekistonda rasman ushbu tashkilot kuzatuvchisi maqomini oldi.
O‘zbekiston qatorida Kuba Respublikasi ham ushbu tashkilotga kuzatuvchi bo‘lib qo‘shildi.
Ma’lumot o‘rnida, onlayn-sammitda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Respublikasi parlamenti raisi – Prezident vazifasini bajaruvchi Talant Mamitov, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev, Moldova Prezidenti Igor Dodon, Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel ishtirok etgan.
LiveBarchasi