Rasman: O‘zbekiston Rossiya bilan muntazam parvozlarni tiklayapti

Jamiyat

image_2021-03-25_19-17-53
0:00
0:00
download

Rossiya joriy yilning 1 aprelidan O‘zbekiston bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklaydi. RF shuningdek, Germaniya, Venesuela, Suriya, Tojikiston va Shri-lanka bilan ham muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar berdi.

"Muhokama natijasida alohida mamlakatlardagi vaziyatni hisobga olgan holda va Bosh vazir Mixail Mishustin bilan kelishilgan holda Venesuyela (Moskva-Karakas haftasiga ikki marta), Suriya (Moskva-Damashq haftasiga bir marta), Tojikiston (Moskva-Dushanbe haftasiga bir marta), O‘zbekiston (Moskva-Toshkent haftasiga bir marta) va Shri-Lanka (Moskva-Kolombo haftasiga bir marta) bilan o‘zaro xalqaro reyslarni 2021 1 apreldan boshlab davom yettirishga qaror qilindi", degan Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova.

Shuningdek, 1 apreldan Germaniya aviatsiya boshqarmasi bilan kelishgan holda Franfukt-Mayn – Moskva  – Franfukt-Mayn (haftasiga 5 marta), Franfukt-Mayn – Sankt-Peterburg – Franfukt-Mayn (haftasiga 3 marta), Moskva – Berlin – Moskva (haftasiga 5 marta) va Moskva – Franfukt-Mayn – Moskva (haftasiga 3 marta) yo‘nalishida parvozlarni tiklashga kelishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

1134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made