Rasman: Ukraina Mudofaa vazirligida amerikaliklar ish boshladi
Olam
−
13 yanvar 2022
8951AQSHning ikki harbiy maslahatchisi Ukraina Mudofaa vazirligida doimiy va rasmiy asosda ish boshladi. Bu haqda mamlakat Mudofaa siyosati boshqarmasi ma’lum qildi.
“2022 yilning 11 yanvaridan amerikalik maslahatchilar Kris Rizzo va Todd Braun Ukraina Mudofaa vazirligining Mudofaa siyosati boshqarmasida doimiy asosda ishlay boshladi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, amerikaliklar Ukraina hukumatiga mamlakat mudofaasi va Yevro-Atlantika integratsiyasi bo‘yicha maslahat beradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyi boshida AQSH va Ukraina Prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Zelenskiy telefon orqali muloqot qilgandi. Unda Amerika yetakchisi Ukraina chegarasidagi vaziyat yomonlashsa, Vashington va uning ittifoqchilari “hal qiluvchi javob” berishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Ukraina rasmiylari va G‘arb davlatlari Moskvaning qo‘shni davlat bilan chegarada “tajovuzkor harakatlari kuchayganidan” xavotir bildirmoqda. O‘z navbatida, Kreml Rossiya o‘z hududi ichida va o‘z xohishiga ko‘ra qo‘shinlarini olib o‘tayotganini, lekin hech kimga tahdid qilmasligini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi