Kurs UZS

USD

12 878.96

-30.68

EUR

14 801.79

-106.26

RUB

158.39

-1.36

Rasman: Tojikistonda ishsizlar deyarli yo‘qligi aytildi

Olam

image

Tojikistonda ishsizlik ko‘rsatkichi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichni tashkil qildi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

Respublika Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning dekabr oyida ishsizlik darajasi 1,9 foizni tashkil etdi. Mamlakatning mehnat resurslari 2,7 million kishini tashkil qiladi, ularning 98,1 foizi iqtisodiyotda ishtirok etadi.

Rasmiy ro‘yxatga olingan ishsizlar soni 51,4 ming nafarni tashkil etadi, bu 2023 yilning dekabriga nisbatan 6,3 foizga ko‘pdir.

Biroq, mamlakatda ish bilan ta’minlashning real holati rasmiy ma’lumotlardan farq qiladi. Misol uchun, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikistonda ishsizlik darajasi 11,5 foizni tashkil qiladi va mamlakat bu ko‘rsatkich bo‘yicha MDHda ikkinchi o‘rinda turadi.

Nashr taqdim qilgan ma’lumotga ko‘ra, ishsizlik ko‘rsatkichi eng yuqori davlat sifatida Armaniston (13,2 foiz) ko‘rsatilgan. Unda keyingi o‘rinlarda Ozarbayjon (5,4 foiz), Qozog‘iston (4,6 foiz), O‘zbekiston (4,5 foiz), Turkmaniston (4,1 foiz), Belarus (3 foiz), Rossiya (2,3 foiz) hamda Qirg‘iziston (2,1 foiz) ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi migratsiya sohasida sheriklik bitimi tasdiqlandi north_east

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi migratsiya sohasida sheriklik bitimi tasdiqlandi

Tojikistonda yuqori malakali ish o‘rinlari yetishmaydi va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari ko‘pincha past maoshni taklif qiladi. Shu munosabat bilan ko‘plab tojikistonliklar chet elda ish izlamoqda. Hozirda mamlakatning milliondan ortiq fuqarosi migratsiyada bo‘lib, u yerda qiyinchiliklarga qaramay, o‘z vatanidagidan ko‘ra ko‘proq maoshli ish topishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning noyabr oyida O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi 2024 yilning boshiga nisbatan 1 foiz punktga yoki 6,8 foizdan 5,8 foizga kamaygandi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yilning iyul oyi holatiga ko‘ra, mamlakat aholisining 15 million 89 ming nafari (41 foiz) iqtisodiy faol, ya’ni mehnat qilishga tayyor aholi hisoblanadi. Shundan, 14 million 213 ming nafari (94 foizi) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Tojikiston O'zbekiston ishsizlik migratsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing