Rasman: qo‘lqoplar bepul beriladi
Jamiyat
−
18 Oktabr 2020
13106Xabaringiz bor, joriy yil 19 oktyabridan jamoat transportida turli yuqumli mavsumiy infeksiyalar tarqalishining oldini olish va yo‘lovchilar salomatligini asrash maqsadida Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yo‘nalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish tartibi joriy etiladi.
Jamoat trasportida harakatlanishda qo‘lqop taqishni majburiy qilish jiddiy norozilik keltirib chiqardi. Yuzaga kelgan vaziyatda Transport vazirligi qo‘shimcha bayonot berdi.
Unga ko‘ra, tashuvchilar tomonidan jamoat transporti yo‘lovchilariga qo‘lqoplar bepul taqdim etiladi.
Yo‘lovchilar metro stansiyalariga kirishda, avtobus hamda mikroavtobusga chiqish vaqtida kassa xodimlari, konduktor va haydovchilardan qo‘lqoplarni olishlari mumkin.
Toshkent shahar jamoat transportida yo‘lovchilarning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish tartibining joriy etilishidan yagona maqsad fuqarolar salomatligini asrashdir.
LiveBarchasi