Rasman: Sherzod Shermatov ATK vaziri etib tayinlandi
Jamiyat
−
17 noyabr 2021 8290 1 daqiqa
Avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida Shermatov nomzodi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tasdiqlangani haqida xabar bergandik.
Vazirlik Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan, Sherzod Xotamovich Shermatov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Sherzod Shermatov 2018 yildan boshlab shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan. Uning o‘rnini O‘zbekistonning bir qator davlatlardagi elchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan Baxtiyor Odilovich Saidov egalladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr