Rasman: Sardoba fojiasida Milliy gvardiyaning bir xodimi halok bo‘ldi, ikkinchisi bedarak yo‘qoldi

Jamiyat

image

Avvalroq, Sirdaryo viloyati “Sardoba” suv omborida yuz bergan favqulodda hodisa oqibatida mazkur hududda qutqaruv ishlarini olib borayotgan Milliy gvardiya xodimi vafot etgani haqida xabar bergan edik. Ma’lumotlarga qaraganda, hududda faoliyat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlaridan ikki nafari mardlarcha halok bo‘lgan. Bu haqda MG Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Shuni qayg‘u bilan xabar qilamizki, joriy yilning 1 may kuni erta tongda Sirdaryo  viloyati hududida joylashgan "Sardoba" suv omborida yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida, tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiyaning ikki nafar xodimi kuchli oqim sabab oqib ketgan. Natijada, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Suyarov Xusniddin Zokirovich tabiiy ofatga qarshi kurashish jarayonida halok bo‘ldi. 

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan mardlik namunasini ko‘rsatib,  o‘z xizmat burchiga so‘nggi nafasigacha sodiq qolgan serjant Suyarovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, deyiladi rasmiy axborotda. 

Qayd etilishicha, hozirda ikkinchi xodimni qidirish ishlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba suv ombori Sardoba fojiasi

Baholaganlar

484

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing