Rasman! Ravshan Ermatov Rossiya hakamlar komissiyasi a’zosi bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik sobiq hakam Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqi (RFI) prezidenti huzuridagi hakamlar komissiyasi a’zosi bo‘ldi. Bu haqda RFI matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish kerakki, 45 yoshli Ermatov 2003 yilda FIFA referisi toifasini olgan. U bir necha bor yirik xalqaro musobaqalarda, jumladan, uchta Jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlarida ishlagan.

2013 yilda u Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi tomonidan dunyoning eng yaxshi 10 nafar hakami ro‘yxatiga kirdi. Ravshan Ermatov 2019 yilda hakamlik faoliyatini yakunlagan. Hozirda u O‘zbekiston futbol assotsiatsiyada vitse-prezident lavozimida ishlab kelmoqda.

Ravshan Ermatov hakamlar komissiyasining amaldagi tarkibiga to‘qqizinchi a’zo sifatida qo‘shildi. Ermatovdan tashqari komissiya tarkibiga RFI hakamlar bo‘limi boshlig‘i  Pavel Kamansev, Sergey Zuyev, Aleksandr Gvardis, Nikolay Ivanov, Sergey Fursa, Nikolay Levnikov, Oleg Sokolov va Eduard Maliy ham kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ravshan Ermatov

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made