Rasman: Ramazon oyida Umra safari uchun ruxsat berildi, faqat...

Olam

image
0:00
0:00
download

Saudiya Arabistoni Haj masalalari bo‘yicha vazirligi mamlakat Hukumati Ramazon oyida COVID-19 ga qarshi emlangan ziyoratchilar uchun muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishga ruxsat berishini ma’lum qildi. Bu haqda "Interfaks" yozmoqda. 

Vazirlikning aniqlik kiritishicha, ruxsat olishni istaganlar koronavirusga qarshi vaksinaning ikkita dozasini qabul qilishi kerak, u maxsus mobil dasturdagi "emlangan" statusi asosida beriladi. 

Ta’kidlanishicha, ushbu tartib COVID-19 dan tuzalgandan keyin emlanganlarga ham tegishli. 

Makkaga kichik Haj — Umra ziyoratini amalga oshirish, muntazam ravishda ibodat qilish yoki muqaddas joylarni ziyorat qilish uchun ariza berishni xohlovchilar mavjud vaqt oralig‘ini saqlab, maxsus dasturlarda ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. 

Vazirlik Ramazon oyi mobaynida Islom dunyosi uchun asosiy bo‘lgan Makkadagi Al-Harom masjidida ziyoratchilarni qabul qilish imkoniyatlari oshirilishini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u yerda koronavirus tarqalishini oldini olish choralari ko‘riladi. 

Avvalroq, Saudiya Arabistoni xorijliklarning Haj va Umra ziyoratini amalga oshirishi uchun asosiy shartini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Haj Ramazon

Baholaganlar

352

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing