“Reyms” futbol jamoasi shifokori koronavirus sabab o‘z joniga qasd qildi

Sport

image

Fransiyaning “Reyms” jamoasi shifokori Bernar Gonsales koronavirus pandemiyasi sabab uyida o‘z joniga qasd qildi, deya xabar tarqatdi “Le Parisien” nashri. 

60 yoshli Gonsales o‘z joniga qasd qilishidan avval koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Bernar rafiqasi bilan uy sharoitida karantinga olingan edi. Shahar hokimi Arno Robin ushbu holat yuzasidan quyidagicha izoh berdi.

“Bu noxush xabardan shok holatidaman. O‘tgan haftada u bilan suhbatlashgan edim. Bernar biror marotaba ham bu mavzu borasida so‘z ochmagandi. Juda ham afsusdaman. U o‘z ishiga sodiq bo‘lgan yaxshi inson edi”, deya izoh qoldirdi Arno Robin.

Ma’lumot o‘rnida, “Reyms” jamoasi Fransiya oliy divizionida ishtirok etib keladi. Ayni damda “Reyms” musobaqa jadvalida beshinchi pog‘onani egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Reyms Bernar Gonsales

Baholaganlar

266

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing