Rasman: PSJ “Inter” futbolchisini transfer qildi
Sport
−
06 iyul 2023 4052 1 daqiqa
Fransiyaning PSJ klubi “Inter” himoyachisi Milan Shkrinyar transferini e’lon qildi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti orqali xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, bugun, 6 iyul kuni “Inter” markaziy himoyachisi erkin agent sifatida parijliklar safiga kelib qo‘shilgan. Shkrinyar va PSJ o‘rtasidagi shartnoma 5 yil, 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

“Transfermarkt” internet portalida 28 yoshli Slovakiya vakilining narxi 50 million yevro etib belgilangan.
Ma’lumot uchun, 2017 yildan buyon “Inter” sharafini himoya qilib kelayotgan Milan Italiya A seriyasida umumiy 231 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, u “neradzurrilar” bilan Italiya chempionati, Italiya Superkubogi (2 marta) hamda Italiya Kubogida (2 marta) g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr