Aripov Mishustin bilan koronavirusga qarshi qo‘shma choralarni muhokama qildi

Jamiyat

image

Bugun, 20 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik doirasidagi qator masalalar muhokama qilindi. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, o‘tkazilishi ko‘zda tutilayotgan hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning ikkinchi majlisiga tayyorgarlikning borishi holati ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat Bosh vazirlari boshchiligidagi hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning birinchi majlisi Xorazm viloyatida 2019 yil may oyida o‘tkazilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov Mixail Mishustin

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing