Rasman: Osiyo Kubogi-2023 qayerda bo‘lishi e’lon qilindi

Sport

image

Bugun 4 iyun kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida OFKning navbatdagi kongressi bo‘lib o‘tdi.

Unda 2023 yil bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogiga mezbonlik qiladigan mamlakat nomi e’lon qilindi. 15 may kuni Janubiy Koreya o‘z arizasini qaytarib olganidan so‘ng mezbonlik qilishni istayotgan birgina Xitoy davlati qolgan edi.

Bugun bo‘lib o‘tgan kongressda Osiyo Kubogi-2023 Xitoyda bo‘lib o‘tishi rasman e’lon qilindi. Ma’lumot uchun Osiyo kubogining final bosqichi 2004 yilda ham Xitoyda o‘tkazilgan edi. O‘shanda Yaponiya terma jamoasi 16 ta ishtirokchi mamlakat orasida chempionlikni o‘ziniki qilgan.

Bu galgi Osiyo chempionati va nihoyat 2023 yilning yozida o‘tkaziladi. Bundan oldingi 3 ta Osiyo kubogi qish faslida o‘tkazilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Osiyo kubogi

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made