Virus qurbonlari soni 100 dan ortdi. JSST xavf darajasini oshirdi
Olam
−
28 yanvar 2020
8851Xitoydagi yangi 2019-nCoV koronavirusi bilan kasallanganlar soni katta tezlikda oshib boryapti. Bugunga kelib virus bilan kasallanganlar 4515 ga yetdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi virusdan halok bo‘lganlarning 106 nafarga yetganini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun, kecha kasallanganlar 2,8 mingdan ortiqni, qurbonlari 81 nafarni tashkil qilayotgandi.
Xitoydagi yangi koronavirus tez sur’atlarda tarqalish bilan xalqaro miqyosda xavf sola boshladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shundan ogohlantirdi.
JSST mutaxassislari virusning tarqalish xavfini “o‘rtamiyona”dan “yuqori”gacha oshirishdi. Ta’kidlanishicha, shu vaqtgacha virusning tarqalish xavfi Xitoy uchun juda yuqori, mintaqaviy ko‘lamda yuqori va xalqaro darajada o‘rtamiyona deb hisoblab kelinayotgandi.
Koronavirus har kuni biror yangi davlatga kirib boryapti. Jumladan, virus bilan kasallanish holatlari Kamboja, Gongkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya va Malayziyada qayd qilingan.
LiveBarchasi