Rasman: Mourino Italiya klubiga bosh murabbiy bo‘ldi
Sport
−
04 may 2021 9965 1 daqiqa
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino Italiyaning “Roma” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda jamoa Matbuot xizmati xabar berdi.
58 yoshli mutaxassis bilan shartnoma 2024 yil yozigacha tuzildi. Bu lavozimda u vatandoshi Paulo Fonseku o‘rniga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino sobiq jamoasi “Tottenxem”dan klub Yevropa Superligasiga qo‘shilishidan norozi bo‘lishi oqibatida bo‘shatilgandi. U ingliz klubida 2019 yildan beri ishlayotgandi.
Joze Mourino faoliyati davomida "Portu", "Chelsi", "Inter", "Real", "Manchester Yunayted" klublarida ishlagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025