Rasman! Moskvadan Toshkentga maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

Pandemiya davrida Rossiya Federatsiyasida qolib ketgan o‘zbekistonliklarni Vatanga olib kelish maqsadida Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishida maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining Rossiyalik hamkasblari bilan olib borilgan muzokaralari natijasi o‘laroq amalga oshirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil dekabr oyining 14, 21, 28 sanalarida Moskva – Kazanskiy – Toshkent yo‘nalishida poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi. Poyezdlar Moskvadan soat 22:28 da jo‘naydi. Ta’kidlanishicha, poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni Moskva – Toshkent yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. 

Aytilishicha, chiptalarning elektron sotuvi yo‘lga qo‘yilgan. Moskvadagi O‘zbekiston fuqarolarining yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasliqlovchi hujjati nusxasi bilan ye-ticket.railway.uz sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, jo‘natishlari ham mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent poezd Moskva

Baholaganlar

418

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing