Rasman: Messining “Barsa” bilan shartnomasi tugadi. Endi u erkin agent

Sport

image
0:00
0:00
download

Argentinalik futbol afsonasi Lionel Messi erkin agentga aylandi. Uning “Barselona” bilan shartnomasi bugun, 1 iyulda o‘z yakuniga yetdi.

Shartnomani uzaytirish to‘g‘risida rasmiy ma’lumotlar hali e’lon qilinmagan. Qayd etish etish joizki, argentinalik futbolchi ayni vaqtda hech bir jamoaga tegishli emas. Agarda biror jamoa Messi bilan shartnoma imzolashni istasa, transfer to‘lovlarisiz uni qo‘lga kiritishi mumkin. Biroq “ko‘k-anorranglilar”ning futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash ehtimoli katta. 

Messi 2003 yilda katta futbolga kirib kelgan va butun faoliyati davomida “Barselona” sharafini himoya qilib keladi. Jamoasi bilan birgalikda 10 marta Ispaniya chempioniga aylandi. Mamlakat kubogining yetti bor, superkubogining esa sakkiz marta sohibi bo‘lgan, to‘rt karra UEFA chempionlar ligasi hamda uch marta UEFA superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.  Messining shaxsiy sovrinlari ham talaygina: olti marta dunyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriluvchi “Oltin to‘p” va Yevropada mavsumning eng yaxshi to‘purari sifatida “Oltin butsa” sovrinlarini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot o‘rnida, Messi o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionatining 35 uchrashuvida maydonga tushib, 30 gol va 11 golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasining 6 o‘yinida 5 ta gol va 2 ta golli uzatma mavjud.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Messi

Baholaganlar

269

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing