Rasman: Messi “Inter Mayami” futbolchisiga aylandi (video)

Sport

image

AQSHning “Inter Mayami” klubi argentinalik futbolchi Lionel Messining transferini rasman e’lon qildi. Bu haqda klubning Twitter sahifasida ma’lum qilindi.

36 yoshli argentinalik futbolchi klub bilan MLS-2025 mavsumi oxirigacha shartnoma imzoladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Messi yangi jamoasida 10-raqamda harakat qiladi.

Yangi klubi uchun u shu yilning 21 iyul kuni Meksikaning "Krus Asul" jamoasiga qarshi o‘yinda debyut qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Messi iyun oyining birinchi haftasida PSJ bilan xayrlashib, AQSHning “Inter Mayami” klubiga ko‘chib o‘tgandi. Futbolchi “Barselona” va “Al-Hilol” kabi klublarning shartnoma imzolash takliflariga qaramay, faoliyatini MLSda davom ettirishga qaror qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing