Rasman: Messi diskvalifikatsiya qilindi

Sport

image

Avvalroq, “Barselona” va “Atletik Bilbao” o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Ispaniya Superkubogining final bahsida “ko‘k-anor ranglilar” forvardi Lionel Messi raqib hujumchisiga nisbatan qilgan qo‘polligi uchun ilk qizil kartochkasini olib, maydondan chetlatilgani haqida xabar bergan edik. 

Musobaqani tashkil etish qo‘mitasi Messini ushbu harakati uchun 2 o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. 

Qayd etilishicha, argentinalik Ispaniya Kubogi 1/16 bosqichi doirasida “Kornelya” qarshi o‘tadigan 21 yanvar kungi bahsni, shuningdek, La Liga 19-turidan o‘rin olgan 24 yanvardagi “Elche” bilan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumot o‘rnida, Lionel Messi “Barselona” safida 2004 yildan beri to‘p suradi. Shu vaqt mobaynida u 753 uchrashuvda maydonga tushib, 648 ta gol urgan.

Leo o‘zi maydonga tushgan 753-o‘yinda ilk bor qizil kartochka oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi

Baholaganlar

713

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing