Rasman: Koronavirus sabab A seriyaning 5 ta tur uchrashuvi may oyiga ko‘chirildi

Sport

image

Italiya A seriyasining 26-turidan o‘rin olgan “Udineza”-“Fiorentina”, “Milan”-“Jenoa”, “Parma”- SPAL, “”Sassuolo”-“Breshiya” va “Yuventus”-“Inter” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuvlar, koronavirus sabab joriy yilning 13 may  kuniga ko‘chirildi. 

Xabaringiz bor, bundan avval ushbu o‘yinlar muxlislarsiz bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Ammo, vaziyat qaltis tus olgani sababli, A seriya rahbariyati 26-tur o‘yinlarini 13 mayga ko‘chirdi. 

Ma’lumot o‘rnida, hozirgi paytga kelib, 85702 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 2933 nafari vafot etgan. COVID-19 virusini yuqtirganlarning 39769 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lishgan.

Eslatib o‘tamiz, Italiyaning S seriyasida ishtirok etadigan “Pyaneze” jamoasining 3 nafar futbolchisi koronavirus yuqtirib olgan edi. Ayni vaqtga qadar futbolchilarning shaxsi jamoatchilikka ochiqlangani yo‘q.

Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Milan Inter Italiya

Baholaganlar

37

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing