Rasman: Klopp “Liverpul”ni tark etadi

Sport

image

Germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp joriy mavsum yakunida “Liverpul” bosh murabbiyligidan ketadi. Bu haqda mutaxassisning o‘zi OAVga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Men bu klubni, shaharni va muxlislarni yaxshi ko‘raman. Ishonchim komil bo‘lgani uchun shunday qarorga keldim. Mening ham kuchim tugayapti. Hozirda menda hech qanday muammo yo‘q. “Liverpul”da o‘tkazgan yillarim uchun hammangizdan qarzdorman”, deydi Klopp.

Ma’lumot uchun, Klopp 2015 yilning 8 oktyabridan buyon “Liverpul”ni boshqarib kelayotgandi. Bu vaqt ichida 56 yoshli mutaxassis “qizillar” bilan 10 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. “Liverpul” Yurgen qo‘l ostida Yevropa Chempionlar ligasi, Angliya chempionati, Liga kubogi, Angliya kubogi, UEFA superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Yurgen Klopp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing