Rasman: Karim Kamolov tirik, u poytaxtda davolanmoqda
Jamiyat
−
17 avgust 2020
12156Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov vafot etmagan. U Toshkentda koronavirus infeksiyasidan davolanyapti. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Hokimlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz ekanini ma’lum qilgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovning vafot etgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu xabarlar hech qanday asosga ega emas.
Karim Kamolov hozirda poytaxtdagi shifoxonada davolanmoqda. Uning salomatligi malakali shifokorlarning nazoratida. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, blogerlardan yolg‘on xabarlar tarqatmaslikni so‘raymiz”, deyiladi hokimlik xabarida.
Avvalroq, Karim Kamolovning oila a’zolari ham uning vafot etganini inkor qilib, yolg‘on xabarlar tarqatmaslikni so‘ragandi.
LiveBarchasi