Rasman: “Qo‘qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
Sport
−
22 may 2019
3607Bugun “Qo‘qon-1912” futbol klubida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda jamoa bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov o‘z arizasiga binoan iste’foga chiqdi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, jamoani vaqtincha Aziz To‘xtaboyev boshqarib turadi.
Xabarda ta’kidlanishicha, No‘’mon Hasanov “Qo‘qon-1912” jamoasini 2016 yilning 2-davrasida, qiyin vaziyatda qabul qilib olgan. O‘shanda tajribali murabbiy jamoani kuchlilar safida olib qolishning uddasidan chiqdi. Qolaversa, u murabbiylik qilgan davrda jamoa bir qator yutuqlarga erishdi. Jumladan, 2017 va 2019 yillarda Farg‘ona viloyat hokimi kubogi g‘olibi bo‘ldi.
Shuningdek, 2017 yilda Qo‘qon futboli tarixidagi eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriya takrorlandi. Jamoa 2-turdan 13-turgacha naqd 11ta o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilmadi. Safarda to‘p surishiga qaramay mamlakatimizning yetakchi klublari – “Paxtakor” hamda “Lokomotiv” jamoalaridan ochko tortib olishga erishdi, “Bunyodkor”ni esa o‘z maydonida mag‘lub etdi. No‘’mon Hasanov davrida “Qo‘qon-1912” klubidan O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari tarkibiga uch nafar futbolchi taklif qilindi.
Hasanov murabbiylik faoliyati davomida yosh futbolchilarni tarbiyalashga ham jiddiy e’tibor qaratdi. Javohir Siddiqov, Oybek Rustamov kabi futbolchilar nafaqat “Qo‘qon-1912” klubi, balki O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarining ham asosiy futbolchilari qatoridan joy olgan edi.
LiveBarchasi