“Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “Paxtakor”ni mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 1 oktyabr kuni O‘zbekiston superligasining 21-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “Paxtakor” ustidan g‘alaba qozondi. 

Birinchi taymda qo‘qonliklar Oybek Rustamov va Muhammadanas Hasanovning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo‘lim avvalida Shahzod Azmiddinov oradagi farqni qisqartirgan bo‘lsa, Hojimat Erkinov 71-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Biroq Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari 3 daqiqa ichida ikkita gol urib, g‘alabani ilib ketishdi. Yakuba Bamba va Sardor Azimovning gollari uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi – 4:2.

Shu tariqa, Qo‘qon jamoasi ochkolari sonini 28 taga yetkazib olgan holda 8-o‘ringa ko‘tarildi. Piter Xyuistra murabbiyligidagi “Paxtakor” esa 51 ochko bilan 1-o‘rinda qoldi. “Sherlar” va 2-pog‘onadagi “So‘g‘diyona” o‘rtasidagi farq 13 ochkoni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor O'zbekiston Superligasi Qo'qon-1912 So'g'diyona

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing