Rasman! Qozog‘iston poytaxtiga Ostona nomi qaytarildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat poytaxtiga Ostona nomini qaytarishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, To‘qayev “Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagan. Qonunda asosiy o‘zgarishlar orasida Nur-Sulton o‘rniga poytaxtga Ostona nomining qaytarilishi bor edi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston parlamenti a’zolaridan iborat “Jana Qozog‘iston” (Yangi Qozog‘iston) deputatlar guruhi mamlakat poytaxtiga Ostona  nomini qaytarishni taklif qilgan edi.

Qozog‘iston poytaxti 2019 yilning mart oyida respublikani qariyb 30 yil boshqargan Nursulton Nazarboyev Prezidentlikdan ketganidan keyin Ostona nomidan Nur-Sultonga o‘zgartirildi. Bungacha mamlakat parlamenti senati (yuqori palatasi) raisi lavozimida ishlab kelgan Qosim-Jomart To‘qayev davlat rahbari bo‘ldi. To‘qayev lavozimga kirishgach, mamlakat poytaxti Ostona shahrini birinchi prezident sharafiga Nur-Sulton deb o‘zgartirishni taklif qildi. Shu kuni parlament Konstitutsiyaga tegishli tuzatishlarni qabul qildi. Nazarboyevning o‘zi ham uning sharafiga nom o‘zgartirishga qarshi ekanligini bir necha bor ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ostona

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing