Rasman: Qashqadaryo viloyatiga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
18 noyabr 2021
20085Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Toirovich Mirzayev vazifasidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoni qabul qilindi.
Shuningdek, Prezident farmoni bilan Murodjon Berdialiyevich Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
General-mayor Murodjon Azimov 2018 yil fevral oyida Bojxona qo‘mitasiga rais etib tayinlangandi.
U 2014-2016 yillarda Buxoro viloyati prokurori, 2016-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Zoyir Mirzayev 2019 yil oktyabr oyida Qashqadaryo viloyati hokimi etib tayinlangandi.