Rasman: Ijodiy+test olinadigan yo‘nalishlarda ijodiy imtihon bo‘lmaydi

Jamiyat

image

Davlat qabul komissiyasi test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni avvalgi yillarda olingan mos fan bo‘yicha test sinovlariga almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Pandemiya sharoitini inobatga olib, Respublika Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar avvalgi yillarda olingan mos fan bo‘yicha test sinovlari bilan almashtirildi.

Shu munosabat bilan “Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari”ga tegishli  qo‘shimchalar kiritildi.

Quyidagi jadvalda ijodiy+test imtihonlari bo‘lgan 12 ta yo‘nalishga qaysi fanlardan test sinovlari bo‘lishi to‘liq aks etgan


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing