Rasman: Irina Vinner Alisher Usmonov bilan ajrashdi 

Olam

image

Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti, Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova rossiyalik milliarder va tadbirkor Alisher Usmonov bilan ajrashganini ma’lum qildi. Bu haqda u Match TV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan. 

Qayd etilishicha, Irina Viner-Usmonova va Alisher Usmonov FHDYO bo‘limida sud qarorisiz ajrashgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya Federatsiyasining Oila kodeksiga ko‘ra, er-xotinning umumiy voyaga yetmagan farzandlari bo‘lmasa, oilaning har ikkala a’zosining ajrashishga rozilik bo‘lsa, FHDYOda ajralishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 iyul kuni milliarder Usmonov rafiqasi bilan ajrashishga bergan da’vo arizasini qaytarib olgan. Usmonov sudga joriy yilning 4 may kuni turmush o‘rtog‘i bilan ajrashish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan chiqqan edi. 

U Viner-Usmonova bilan ajrashish uchun birgalikda sotib olingan mulk bo‘yicha hech qanday masala hal etilmaydigan va faqat nikoh rasman buziladigan shaklda ariza bergan. Tomonlar vakillari o‘rtasidagi suhbat joriy yilning 19 may kuni bo‘lib o‘tgan, shundan so‘ng er-xotinlarga yakuniy qaror qabul qilish uchun taxminan ikki hafta vaqt berilgandi. 

Ma’lumot uchun, 68 yoshli Usmonov va 73 yoshli Viner-Usmonova 1992 yilda turmush qurgan. Ularning farzandlari yo‘q


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

593

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing