Rasman: “Inter”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Sport

image
0:00
0:00
download

Milanning “Inter” klubi murabbiylik postiga yangi mutaxassisni olib keldi. Yaqindagina “Latsio”ni tark etgan Simone Indzagi “neradzurrilar” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klubning rasmiy Twitter sahifasi xabar berdi.

Italiyalik mutaxassis yangi klubi bilan 2023 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Maosh borasidagi ma’lumotlar esa hozircha oshkor qilinmagan. 

Eslatib o‘tamiz, “Inter” bu mavsum Antonio Konte qo‘l ostida A Seriya chempionligini qo‘lga kiritib, “Yuventus”ning 9 yillik gegemonligiga chek qo‘ydi. Mavsum yakunida esa Konte iste’foga chiqdi.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Inter

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing